Matching Headings qanday ishlanadi?
Har paragraf uchun uning asosiy fikrini ifodalovchi sarlavhani tanlaysiz. Matndagi bitta tanish so‘zga qarab tanlamang: sarlavha butun paragraf nima haqida ekanini tushuntirishi kerak. Variantlar soni paragraflardan ko‘p bo‘ladi; ayrimlari ishlatilmaydi. Bir sarlavha qayta ishlatilmaydi.
Avval paragrafni bir jumlada ayting
Paragrafni o‘qib, o‘z so‘zingiz bilan qisqa xulosa yozing. Keyin sarlavhalarga qarang. Birinchi gap yordam berishi mumkin, ammo keyingi gaplarda fikr yo‘nalishi o‘zgarishi ehtimolini ham tekshiring.
Masalan, paragraf avtobuslar haqida boshlanib, asosan ularning kechikish sababini tushuntirsa, “Transport turlari”dan ko‘ra “Kechikishning sababi” mosroq bo‘ladi.
Original mashq: shahar bog‘i
Quyidagi matn va savollar IELTS ROOM tomonidan o‘quv maqsadida yozilgan; rasmiy IELTS savollari emas. Har paragrafga bitta sarlavha tanlang.
A. The old car park stood empty for years. Residents proposed turning it into a garden, and the council agreed. Volunteers removed the broken paving and planted the first vegetables last spring.
B. During the first summer, the new plants needed more water than expected. Instead of using drinking water every day, volunteers fitted tanks to collect rain from the neighbouring roof. This reduced the garden’s water bills.
C. The garden now hosts a weekly afternoon for local families. Older residents teach children how to plant seeds, while newcomers exchange recipes. Several visitors say they have made friends there for the first time.
- i. A place that brings neighbours together
- ii. Creating a garden from unused land
- iii. Saving water with a simple solution
- iv. Why vegetable prices increased
- v. Plans to build a larger car park
Javoblarni dalil bilan solishtiring
A — ii. Asosiy o‘zgarish: bo‘sh avtoturargoh bog‘ga aylantirildi. Avtoturargoh tilga olingani v variantini to‘g‘ri qilmaydi: uni kattalashtirish rejasi yo‘q.
B — iii. Suv yetkazish muammosi yomg‘ir suvini yig‘ish bilan hal qilingan. Sabzavot narxlari haqida ma’lumot yo‘q, shuning uchun iv mos emas.
C — i. Bolalarga urug‘ ekish o‘rgatilishi va retsept almashish — odamlar birlashayotganining misollari. Asosiy fikr yangi do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalari.
Keyingi 20 daqiqalik mashq
3 daqiqa ko‘rsatma va sarlavhalarni o‘qing, 12 daqiqa tanlangan passage ustida ishlang, 5 daqiqa noto‘g‘ri tanlov sabablarini yozing. Practice kutubxonasida Reading bo‘limini tanlang. Har paragraf uchun qisqa xulosa tuzish odatini saqlang.
Rasmiy manba: IELTS READING test format ↗